AQSH Eron samolyotlariga zarba berilgan videoni e’lon qildi

AQSH Markaziy qo‘mondonligi Eronga tegishli harbiy samolyotlariga berilgan zarbalar aks etgan videoni ommaga taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, videoda Eron armiyasi foydalanadigan C-130 Hercules hamda Ilyushin Il-76 samolyotlariga nisbatan amalga oshirilgan hujum lavhalari tasvirlangan. Kadrlarda harbiy obyektlar va samolyotlar joylashgan hududga berilgan aniq zarbalar aks etgani ko‘rinadi.
Mutaxassislar fikricha, bunday videolarni e’lon qilish orqali AQSH harbiy qo‘mondonligi o‘z operatsiyalarining natijalarini ko‘rsatish va raqib tomonga signal berishga harakat qilmoqda. Mintaqadagi keskinlik saqlanib qolayotgani esa xalqaro jamoatchilik e’tiborini jalb etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing