
Anqara va Moskva rossiyaliklarning Turkiya chegarasini kesib o‘tish tartibini muhokama qiladi. Unda rossiyalik sayyohlarga xorijiy pasportlarsiz Turkiyaga kirish uchun ruxsat berish masalasi ijobiy hal etilishi mumkin. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavusho‘g‘li Antaliyadagi rus jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlan ikki yil muqaddam, ya’ni samolyot urib tushirilishidan avval, bu masalada sezilarli olg‘a siljishga erishgan.
"Ikki tomonlama munosabatlar yaxshilangan ekan, bu muhokamalarni yakunlashimiz mumkin. Turkiya hukumati aeroportlarda fuqarolarning shaxsini aniqlovchi qurilmalarni o‘rnatmoqda. Biz bu borada muzokaralarni qayta boshlamoqchimiz", — deya vazir so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi
Chavusho‘g‘lining qayd etishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yaxshilashini davom etmoqda, prezidentlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan.
"Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mintaqaviy muammolar, xususan Suriyada sulh o‘rnatishga hissa qo‘shmoqda. Tomonlar, shuningdek, ushbu mamlakatdagi fuqarolarga insonparvarlik yuklarini etkazib berish masalasi ustida ham ishlamoqda", — degan Turkiyaning bosh diplomati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar