date

Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar yumshatilmoqda

Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar yumshatilmoqda

AQSh, ittifoqchi davlatlar vakillari bilan olib borilgan muzokaralarda, jahon bozorida neft narxlari oshayotgan bir paytda Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni yumshatishni davom ettirish niyatini tasdiqladi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, Vashington o‘tgan hafta o‘z pozitsiyasini ittifoqchi davlatlarga yetkazgan. AQSh tomoni bu choralar vaqtinchalik bo‘lishini va Eronga qarshi operatsiyalar fonida jahon energetika bozorini barqarorlashtirishga qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek, AQSh Moliya vazirligi avval 12 martgacha kemalarga yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlari savdosiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgan. Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) e’lon qilgan bosh litsenziya esa bu operatsiyalarni 11 aprelga qadar amalga oshirishga ruxsat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar yumshatilmoqda