date

Bolalarga ignali qand tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

Bolalarga ignali qand tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri Lenin tumanida bolalarga ichiga ignalar qo‘yilgan qand tarqatgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda tuman Ichki ishlar bo‘limi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 mart kuni taxminan soat 20:00 da politsiyaga Oq O‘rda turarjoy massivida bir erkak bolalarga ichida ignalar bo‘lgan shirinlik tarqatgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur massivda yashovchi B.G. ismli ayolning 11 yoshli qizi hamda boshqa bolalar ham noma’lum shaxsdan shunday konfetlar olganini ma’lum qilishgan.

Holat yuzasidan Tergov xizmati tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va zarur ekspertizalar tayinlangan. Militsiya xodimlari tergov jarayonida gumonlanuvchi N.D.ni qo‘lga oldi. Hozirda u vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Uning yashash joyida o‘tkazilgan tintuv paytida konfetlar va boshqa moddiy dalillar musodara qilindi. Tergov ishlari davom etmoqda. Lenin tumani sudi gumonlanuvchini ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga joylashtirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bolalarga ignali qand tarqatgan shaxs qo‘lga olindi