10:18 / 01.04.2017
9 172

O‘zbekistonliklar grin-karta bo‘yicha etakchilardan bo‘lib turishibdi

O‘zbekistonliklar grin-karta bo‘yicha etakchilardan bo‘lib turishibdi
Grin-karta nomi bilan mashhur AQSh lotereyasi, ya’ni immigrantar uchun maxsus viza dasturi so‘nggi 10 yil ichida butun dunyodan 156 million kishini qamrab olgan. Ammo ularning ayrimlarigina viza olishga muvaffaq bo‘lishgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

2015 yilda 14 milliondan ziyod ishtirokchilarning 12 foizi Gana fuqarolari bo‘lgan. Qariyb 1,5 million nomzodlar esa O‘zbekiston aholisiga to‘g‘ri keldi. Ishtirokchilar umumiy sonining 10 foizini o‘zbekistonliklar tashkil qilgan. Bu borada uchinchi o‘rinni Ukraina band etdi. 1 milliondan ziyod kishi Ukraina fuqarolarini tashkil etdi.

“Grin-karta” immigrantlar dasturida viza olishga muvaffaq bo‘lganlar orasida ham o‘zbekistonliklar kuchli o‘nlikka kirishgan. Bu borada O‘zbekiston beshinchi pog‘onada qayd etilgan. 2016 yilda 2366 nafar o‘zbekistonlik vizaga ega bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklar grin-karta bo‘yicha etakchilardan bo‘lib turishibdi