Dunyoda ilk bor mashhur kalamushga haykal o‘rnatildi

Kambodjada minalarni aniqlashda oltin medal olgan mashhur kalamush Magava sharafiga haykal qo‘yildi. Bu haqida BBC xabar berdi.
Magava sakkiz yil umr ko‘rgan va 2016–2021 yillarda Kambodjada 100 dan ortiq minani topib, xavfsiz yo‘l bilan zararsizlantirgan. Haykal mahalliy toshdan yasalgan va 4 aprel — Xalqaro minalarga qarshi kurash kuni arafasida ochilgan.
BMTga ko‘ra, Kambodjada minalar hali ham xavfli va millionlab odamlar xatarli hududlarda yashashda davom etmoqda.
Magava Apopo tashkiloti tomonidan tayyorlangan va o‘tkir hid bilan minalarni sezib, mutaxassislarga signal bergan. U 141 ming kvadrat metr hududni tekshirgan — bu 20 futbol maydoniga teng. 2020-yilda “Jorj xochi” PDSA oltin medali bilan taqdirlangan va bu mukofotni olgan birinchi kalamush bo‘lgan.
Qarilik va harakatning sekinlashuvi sabab Magava 2022-yilda vafot etgan. Apopo menejeri aytadiki, haykal xalqaro hamjamiyatga hali ham bajarilishi kerak ishlar borligini eslatadi.
Apopo 1990-yildan HeroRATS deb ataluvchi kalamushlarni tayyorlaydi. Ular yengil va xavfsiz, minalarni portlatmaydi. Shuningdek, Tanzaniyada yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi ham qo‘llaniladi.
Ronin nomi bilan yana bir kalamush 2021-yildan 109 mina va 15 portlamagan o‘q-dorini topib, 2025-yilda rekord o‘rnatdi.