
Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatga kelgan qochoqlarni katta shaharlarga intilmaslik, qishloq tumanlarida joylashishga chaqirdi. Bu haqda u haftalik videomurojaatida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
«Ko‘pchilik katta shaharlarga borishni istashini aytadi, biroq u erlarda uy-joy masalasi juda qiyin. Shu sababli aholisi kam qishloq joylari mavjud mintaqalarda joylashishlarini maslahat beraman. Biz birinchi galda Germaniyada qolish huquqini qo‘lga kiritgan kishilarni boshpana bilan ta’minlaymiz», — deya ta’kidladi Merkel.
Kansler nemislarni qochoqlarga nisbatan «ochiqroq» bo‘lishga chaqirdi.
«Suriya, Iroq, Shimoliy Afrika davlatlari haqida o‘ta kam bilamiz. Ularni yaxshiroq bilish, nimanidir o‘rganish imkoniyatidan foydalanishimiz lozim», — deb xulosa qildi Germaniya hukumati rahbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar