Afg‘oniston aholisi soni rasman e’lon qilindi

Afg‘oniston aholisi soni rasman e’lon qilindi
Qisqacha

Afgoniston Milliy statistika va axborot boshqarmasi (GSIA) ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat aholisi 37,2 million nafarga yetdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilgi 36,4 millionga nisbatan 800 ming kishiga yoki 2,2 foizga ko'payganini ko'rsatadi. Jami aholining 51 foizini erkaklar, 49 foizini ayollar tashkil etib, ularning 70 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi.

Butunjahon aholi kuni munosabati bilan Afg‘oniston Milliy statistika va axborot boshqarmasi (GSIA) mamlakatning yangilangan demografik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston aholisi 37,2 million nafarga yetgan. Bu o‘tgan yilgi 36,4 million ko‘rsatkichga nisbatan 800 ming kishiga yoki 2,2 foizga ko‘pdir. Aholining 51 foizini erkaklar, 49 foizini esa ayollar tashkil etadi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakat aholisining asosiy qismi qishloq hududlarida yashaydi. Jami aholining 70 foizi yoki qariyb 26 million kishi qishloqlarda istiqomat qiladi. Shahar aholisi 9,8 million nafar (26 foiz)ni tashkil etsa, 1,5 millionga yaqin fuqaro (4 foiz) ko‘chmanchi turmush tarzini olib boradi.

Hududlar kesimida Kobul aholisi eng ko‘p viloyat bo‘lib qolmoqda. Poytaxt hududida 6,4 million kishi yashaydi. Undan keyingi o‘rinda esa Hirot viloyati joylashgan bo‘lib, u yerda 2,4 million aholi istiqomat qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar