AQSh Eronda F-15 ekipajini qutqarish uchun 176 ta samolyotni jalb qilgan

O'tgan dam olish kunlari AQSh harbiylari Eron hududi ichkarisida urib tushirilgan Harbiy havo kuchlarining F-15E samolyoti ekipajini qutqarish uchun yuzlab xodimlar va qariyb 176 ta samolyotni jalb qilgan. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.
Operatsiyaga jalb qilingan texnikalar orasida bombardimonchilar, qiruvchi samolyotlar, yonilg‘i quyish tankerlari, vertolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari bo'lgan.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, aynan qurol-yarog‘ tizimlari ofitserini qutqarish uchun 155 ta havo kemasi talab qilingan. Ularning asosiy qismi Eron kuchlarini chalg‘itish va adashtirish maqsadida safarbar qilingan. Operatsiya yetti xil nuqtada olib borilgan, biroq ularning faqat bittasi haqiqiy bo'lgan.
Qutqaruv operatsiyasi davomida AQSh bir nechta samolyot va vertolyotlaridan ayrilgan.
AQSh bundan avval Quvaytning F/A-18 Hornet samolyoti ishtirokidagi hodisada uchta F-15 samolyotini yo‘qotgan edi.
Shuningdek, shu vaqtga qadar o‘ndan ortiq MQ-9 Reaper dronlari, Eronning Saudiya Arabistonidagi bazaga hujumi natijasida bitta E-3 Sentry (uzoq masofadan aniqlash samolyoti) va Iroq osmonidagi halokatda bitta KC-135 Stratotanker yo‘qotilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!