date

Eron rahnamosi ahvoli og‘irmi? Xomanaiy haqida yangi ma’lumot

Eron rahnamosi ahvoli og‘irmi? Xomanaiy haqida yangi ma’lumot

Mujtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i haqida turli qarama-qarshi ma’lumotlar tarqalmoqda. Xorijiy OAV, jumladan The Times nashri xabariga ko‘ra, u hozirda hushsiz holatda bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarda aytilishicha, bu xabar AQSH va Isroil razvedka manbalariga asoslangan bo‘lib, rasmiy tasdiq hozircha berilmagan. Ayrim manbalarda Xomanaiy Qum shahrida davolanayotgani va davlat boshqaruvida faol ishtirok etmayotgani qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, Eron rasmiylari yangi rahnamo hokimiyatda ekanini ta’kidlab, uning ahvoli haqidagi salbiy xabarlarni rad etmoqda.

Avvalroq ham uning jarohat olgani yoki halok bo‘lgani haqida turli taxminlar paydo bo‘lgan edi. Biroq keyinchalik Eron rasmiylari uning tirik ekani va ahvoli barqarorligi haqida ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mujtabo Xomanaiy 9 mart kuni Eronning yangi Oliy rahnamosi sifatida e’lon qilingan edi. U marhum Ali Xomanaiyning o‘g‘li hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron rahnamosi ahvoli og‘irmi? Xomanaiy haqida yangi ma’lumot