Netanyaxu: "Eronga bosim davom etadi, vazifalar hali ko‘p"

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron masalasi hali kun tartibidan tushmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronga nisbatan bosim va chora-tadbirlar kampaniyasi davom etmoqda va oldinda yana ko‘p ishlar turibdi.
Netanyaxu Eron hali ham boyitilgan yadroviy materiallarga egaligini qayd etib, bu holat xalqaro xavfsizlik nuqtayi nazaridan jiddiy tahdid ekanini bildirdi. Ushbu muammoni hal etish uchun turli yo‘llar ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlandi.
“Eron hali ham boyitilgan yadroviy materiallarga ega va Tramp aytganidek, uni yo kelishuv orqali, yoki boshqa yo‘llar bilan olib tashlash kerak" - dedi Netanyaxu. Shu bilan birga, u bu borada Donald Tramp fikrlari bilan hamohang ekanini bildirib o‘tdi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur bayonot Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi va xalqaro siyosiy muhokamalarni kuchaytirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!