Xitoy Eronga qurol yetkazish haqidagi iddaolarni rad etdimi?

Xitoyning AQSHdagi diplomatik vakolatxonasi Eronga havo mudofaasi tizimlari yetkazib berilishi haqida tarqalgan ma’lumotlarni asossiz deb atadi. Bu haqda CNN xabariga munosabat bildirilgan.
Avvalroq CNN manbalariga tayanib, Xitoy Eronga uchinchi davlatlar orqali ko‘chma havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi. Unda aytilishicha, bu qurilmalar past balandlikda uchuvchi samolyotlar uchun jiddiy tahdid tug‘dirishi mumkin.
Biroq Lyu Pengyu ushbu iddaolarni qat’iy rad etdi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy hech qachon mojarolarda biror tomonni qurol-yarog‘ bilan ta’minlamagan.
“Xitoy hech qachon nizolarda ishtirok etayotgan tomonlarga qurol yetkazib bermagan”, — dedi diplomat TASS agentligiga bergan izohida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!