“Tolibon” yosh yigitni elektr toki orqali o‘ldirdi

Kecha, 13 aprel kuni Afg‘onistonning Qobul shahrida Seyar ismli yosh yigit “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari tomonidan kaltaklanib, elektr toki orqali qiynoqqa solinganidan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Hashte subh” axborot manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Seyarning og‘zaki tortishuvi va keyinchalik yuzaga kelgan janjaldan so‘ng sodir bo‘lgan. Shundan keyin u “Tolibon” vakillari tomonidan ushlab ketilib, shahar politsiya bo‘limiga olib borilgan.
Guvohlar va manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Seyar bo‘lim ichida og‘ir darajada kaltaklangan va keyinchalik elektr toki yordamida qiynoqqa solingan.
Shundan so‘ng, “Tolibon” vakillari uning otasi bilan bog‘lanib, kelib o‘g‘lini olib ketishini ma’lum qilgan. Yigitning otasi uni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan, biroq Seyar bir necha kun o‘tgach vafot etgan.
Marhumning yaqinlari ham uning o‘limi sodir bo‘lganini tasdiqlagan.