Japarov “bir layk uchun qamoq” xabariga kulib yubordi (video)

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ishtirok etgan rasmiy yig‘ilishlardan birida noodatiy holat muhokama markaziga chiqdi. Yig‘ilish davomida “Ismoilov Abdulloh” ismli bola bilan bog‘liq holat yuzasidan buvisi davlat rahbariga murojaat qildi.
Buvining so‘zlariga ko‘ra, uning nabirasi tasodifan bir videoga “layk” bosib qo‘ygan va shu sababli 1 yil-u 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bu murojaatni eshitgan prezident Sadir Japarov vaziyatga befarq qolmadi va darhol yig‘ilish ishtirokchilari orasidagi Bosh prokurorga topshiriq berdi.
“Avvalo buvisining aytgan gapini tekshirib ko‘ringlar. Agar haqiqatan ham faqat bitta ‘layk’ bosgani uchun qamalgan bo‘lsa, darhol ozod qilinglar. Agar boshqa sabab bo‘lsa, qonun doirasida ish ko‘riladi”, — dedi prezident.
Mazkur topshiriq yig‘ilish ishtirokchilari orasida ham, ijtimoiy muhokamalarda ham katta e’tibor qozondi.
Hozircha holatning barcha tafsilotlari rasmiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.