Rossiya–O‘zbekiston savdosi 14 milliardga yetishi kutilmoqda

Rossiya–O‘zbekiston savdosi 14 milliardga yetishi kutilmoqda
Qisqacha

Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi savdo hajmi 2026-yilga borib 14 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Rossiya Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Denis Manturovning ma'lum qilishicha, 2025-yil yakunida ushbu ko'rsatkich 11,5 milliard dollardan oshgan. Iqtisodiy hamkorlikning barqaror rivojlanishiga sanoat, energetika, transport va qishloq xo'jaligi kabi sohalardagi qo'shma loyihalar hissa qo'shmoqda.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yilga borib ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 22 foizga oshib, 14 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.

Bu haqda u Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom Central Asia” oltinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ma’lum qildi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2025 yil yakuniga kelib ikki tomonlama savdo hajmi 12 foizdan ortiq o‘sib, 11,5 milliard dollarga yetgan. Mutasaddilar bu ko‘rsatkichlar hamkorlikning barqaror rivojlanayotganidan dalolat berishini ta’kidlamoqda.

Manturovning qayd etishicha, hozirgi ijobiy dinamika 2026 yil yakunigacha 14 milliard dollarlik marraga erishish imkonini bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu natijalarga sanoat, energetika, transport, logistika hamda agrosanoat sohalaridagi qo‘shma loyihalar katta hissa qo‘shmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, ta’minot zanjirlarini mustahkamlash va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini izlash bo‘yicha ishlar faol davom etayotgani qayd etildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar