Toshkentda anomal issiqqa qarshi ko‘chalarga suv sepilmoqda

Toshkentda anomal issiqqa qarshi ko‘chalarga suv sepilmoqda

Toshkentda kuzatilayotgan anomal issiq sabab shahar bo‘ylab havo haroratini pasaytirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Xususan, maxsus texnikalar yordamida markaziy ko‘chalar, yo‘laklar va yashil hududlarga muntazam ravishda suv purkalmoqda.

Bundan tashqari, poytaxtdagi maysazorlar, gulzorlar va daraxtlarni sug‘orish ishlari ham kuchaytirilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar nafaqat o‘simliklarni jazirama ta’siridan asrash, balki shahar mikroiqlimini biroz yumshatishga ham xizmat qiladi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Toshkentdagi favvoralarni sutka davomida uzluksiz ishlatish rejalashtirilgan. Mutasaddilar ushbu choralar jazirama kunlarida havo haroratini biroz pasaytirish, chang miqdorini kamaytirish va poytaxt aholisi uchun qulayroq muhit yaratishga yordam berishini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar