Buyuk Britaniya sigaretga qarshi keskin qaror qabul qildi

Buyuk Britaniya sigaretga qarshi keskin qaror qabul qildi
Qisqacha

Buyuk Britaniya parlamenti tamaki va veyplarga qarshi qat'iy qonunni tasdiqladi, bu qonunga ko'ra 2009 yil 1 yanvardan keyin tug'ilganlarga umrbod sigaret sotish taqiqlanadi. Ushbu chora kelajakda "chekmaydigan avlod"ni shakllantirishni maqsad qilgan va hukumatga veyplar hamda nikotinli mahsulotlarni qattiq nazorat qilish imkonini beradi. Sog'liqni saqlash vaziri bu qadamni minglab insonlar hayotini saqlab qoladigan tarixiy tashabbus deb atadi. Yangi tartib biznesga ta'sirini kamaytirish uchun bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Buyuk Britaniya parlamenti “Tamaki mahsulotlari va veyplar toʻgʻrisida”gi qonunni yakuniy tasdiqlab, chekishga qarshi keskin chorani joriy etdi. Endilikda 2009 yil 1 yanvarda va undan keyin tugʻilgan fuqarolarga sigaret sotish umrbod man etiladi. Bu haqda “The Independent” nashri maʼlum qildi.

Yangi tartib hozirda 17 yoshgacha boʻlgan yoshlarning tamaki mahsulotlariga kirishini toʻliq cheklash va kelajakda “chekmaydigan avlod”ni shakllantirishni maqsad qilgan. Qonun kuchga kirgach, hukumat vakillariga nafaqat sigaret, balki veyp va nikotinli mahsulotlar, ularning taʼmlari hamda qadoqlanishini qatʼiy nazorat qilish vakolati beriladi.

Sogʻliqni saqlash vaziri ushbu qarorni tarixiy qadam sifatida baholab, uni bir avlod hayotiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan eng yirik sogʻliqni saqlash tashabbuslaridan biri deb atadi. Uning taʼkidlashicha, bu choralar minglab insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Rasmiylarga koʻra, mazkur yangilik biznesga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun savdo sohasi vakillari bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu qaror Buyuk Britaniyada yillar davomida olib borilayotgan chekishga qarshi siyosatning uzviy davomi hisoblanadi. Avvalroq mamlakatda tamaki reklamasi keskin cheklangan, oddiy qadoqlash joriy etilgan va sigaret xarid qilish uchun yosh chegarasi oshirilgandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar