Xitoyda 267 bolani tarbiyalagan "super ota" butun dunyoga tanildi

Xitoyda 267 bolani tarbiyalagan "super ota" butun dunyoga tanildi
Qisqacha

Xitoylik 52 yoshli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Bay Szyan 267 nafar yetim va qarovsiz bolani voyaga yetkazgani uchun dunyoga tanilib, "super ota" nomini oldi. O‘zi ham kambag‘al oiladan chiqqan bu inson moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, qo‘shimcha ishlar va qarzlar evaziga bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan fidokorona shug‘ullangan. Uning g‘amxo‘rligi natijasida tarbiyalanuvchilarining aksariyati sport, ta’lim va turli kasbiy sohalarda yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan.

Xitoyda maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan Bay Szyan 267 nafar yetim va qarovsiz qolgan bolani voyaga yetkazgani bilan keng tanilgan.

South China Morning Post nashri maʼlumotiga koʻra, 52 yoshli bu inson oʻzining fidoyiligi sabab "super ota" nomini olgan.

Bay Szyan kambagʻal oilada dunyoga kelgan va sportdagi yutuqlari orqali kollejga kirish imkoniga ega boʻlgan. Keyinchalik u oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan.

Ish jarayonida u tashlab ketilgan va qarab turuvchisiz bolalarga duch kelib, ularni oʻz qaramogʻiga ola boshlagan. Vaqt oʻtishi bilan bu bolalar soni ortib borgan.

Xitoyda 267 bolani tarbiyalagan "super ota" butun dunyoga tanildi

Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, u qarz olib va qoʻshimcha ishlar qilib, bolalarni tarbiyalashni davom ettirgan. Ularning katta qismi sport, taʼlim va turli kasblarda yuqori natijalarga erishgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar