Peterburg terakti ijrochisi Akbarjon Jalilov Suriyada IShID jangarilari safida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Fontanka.ru»ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Federal xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma’lum qilishicha, 2014 yili Jalilov Turkiyadan Rossiyaga kirgani aniqlangan.
«U Suriyada bo‘lgani, IShID nazorati ostidagi hududda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani haqida ishonchli axborot mavjud», — deyilgan saytida.
Uning IShID bilan aloqadorligini u tayyorlagan bomba ham isbotlab turgani aytilgan. Ya’ni, bombada asosan Suriyadagi jangarilar ishlatadigan qizdirilgan shakar moddasidan foydalanilgan.
Rossiya maxsus xizmatlari Jalilovning chet elga sayohatlari marshrutlarini o‘rganmoqda.
Bundan oldinroq Tergov qo‘mitasi Jalilovning sheriklari qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Hozircha ularning shaxsi ma’lum qilinmagan.
Shuningdek, bugun Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 5 atrofida Sankt-Peterburgning «Tovarisheskiy» shohko‘chasidagi uyda portlash xavfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buyumni aniqladi. Shundan so‘ng uyda yashovchilar evakuasiya qilindi va portlovchi qurilma zararsizlantirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi