date

AQSH pasportida Tramp portreti paydo boʻladi

AQSH pasportida Tramp portreti paydo boʻladi

AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan mamlakatda yangi dizayndagi pasportlar chiqarilishi rejalashtirilmoqda. “Time” xabariga koʻra, ushbu maxsus seriyada amaldagi prezident Donald Trampning portreti aks ettiriladi.

Yangi dizaynga muvofiq, pasport muqovasining ichki old qismida Tramp tasviri va uning oltin rangdagi imzosi joylashadi. Orqa sahifada esa rassom Jon Trambullning “Mustaqillik deklaratsiyasi” asaridan parchalar tasvirlanadi.

Maʼlum qilinishicha, bunday pasportlar asosan Vashingtondagi maxsus agentlik orqali beriladi. Boshqa hududlarda yoki onlayn tarzda rasmiylashtirilgan hujjatlar esa odatdagi koʻrinishda qoladi.

Shuningdek, yubiley munosabati bilan 100 dollarlik kupyuralarda ham prezident imzosi aks ettirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 24 karatli oltin tanga chiqarish tashabbusi ham maʼqullangan boʻlib, unda Tramp tasviri tushiriladi.

Hozircha yangi pasportlar qancha nusxada ishlab chiqarilishi aniq emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH pasportida Tramp portreti paydo boʻladi