Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari sobiq ittifoq hududida paydo bo‘lgan mojarolarni hal etishda faol pozisiyani egallashi kerakligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
"Agarda MDH doirasida Tog‘li Qorabog‘ muammosi, Ukrainadagi Donbass muammosi, Pridnestrove muammosi hal qilinganda edi... Biroq biz buni amalga oshirayotganimiz yo‘q-ku. Ba’zida buni amalga oshirish mumkin emasligi uchun emas, balki turli manfaatlar tufayli qilmayapmiz. Muammoni esa hal qilish kerak", - deya ma’lum qildi Lukashenko “Mir” telekanaliga bergan intervyusida
Belarus prezidentining fikricha, ushbu mojarolarni hal etishda odamlar manfaatidan kelib chiqib ish yuritish kerak. “Tog‘li Qorabog‘da odamlar doimiy ravishda ma’lum harbiy muammolarga duch kelayotgani tufayli yaxshi yashamoqdami? Ular shunchaki yashashmoqda va ertaga nimadir ro‘y berishini kutishmoqda. Bu to‘g‘rimi? Bu noto‘g‘ri! Kimga bu kerak? Hech kimga!”, - deya ta’kidlab o‘tdi u.
"MDH yuzasida turgan bu masalalarni kelajakka qarashdan oldin hal qilish kerak. Biz bu masalalarni hal etib, harakat qilishimiz lozim bo‘lgan yangi strategik yo‘nalishlarni ko‘ra olamiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Lukashenko. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi