Shvesiya poytaxti Stokgolm markazida yuk mashinasi odamlar ustiga bostirib kelgan edi.
Gumondor shaxs polisiya tomonidan qo‘lga olingan va u o‘z aybini tan olgan.
Yuk mashinasini aholiga qarata haydagan bu odam O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Aftonbladet o‘zining manbasiga asoslanib xabar bermoqda, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Bu xabar hali rasman tasdiqlanmagan.
Nashr xodimlari qo‘lga olingan shaxsning tanishi bilan suhbatlashgan. Uning ta’kidlashicha, bu erkak 39 yoshda. Uning ismi ma’lum qilinmagan. Shvesiyada qachondan buyon yashayotgani ham aniq emas. U qurilish sohasida ishlaydi, 4 farzandi bor. Tanish ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu erkak hujum uyushtirishi mumkin emas.
“U siyosatni ham, dinni ham muhokama qilmagan. Faqatgina ko‘proq ishlab, oilasiga pul jo‘natishi haqida gapirar edi, xolos”, deydi ayol.
Aftonbladet hozir polisiya tomonidan ushlangan odamning Facebook’dagi sahifasidan “Islom davlati” degan (terroristik tashkilotga tegishli deb tan olingan va Rossiyada taqiqlangan) tashviqot filmini topgan. Shuningdek, 2013 yilda Boston marafonida yuz bergan portlash suratiga “Menga yoqadi” belgisini qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti