Stokgolmdagi terakt Shvesiya hukumatinining o‘z migrasiya siyosatini o‘zgartirishiga majbur qilmaydi. Bu haqida 8 aprel, shanba kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Margot Vallstryom ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «TASS»ga tayanib "Daryo.uz" nashri.
«Biz o‘z migrasiya siyosatimizni davom ettiramiz va avvalgidek boshpana berish huquqini hurmat qilishni davom etamiz. Bu terakt bizni qo‘rqita olmaydi», — dedi vazir.
Polisiya odamlardan shahar markaziga kelmaslikni iltimos qilayotganiga qaramay, ko‘plab insonlar terakt sodir bo‘lgan joyga gullar va shamlar ko‘tarib kelmoqda. Vallstryom ham shanba kuni voqea joyiga borib, Drottninggatan ko‘chasi panjarasiga gul qo‘ydi.
Shvesiya 2015 yildan beri 163 ming qochoqlarni qabul qilib, Evropa Ittifoqi davlatlari orasida aholi jon boshiga nisbatan rekord ko‘rsatkichga erishdi.
7-aperel, juma kuni Spendrups kompaniyasiga tegishli bo‘lgan o‘g‘irlab ketilgan yuk mashinasi Stokgolm markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlar ustiga haydagan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jarohat olgan, ulardan to‘qqiz nafarining ahvoli og‘ir, to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Terakt ishi bo‘yicha 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan, uni IShID terrorchilik tashkilotiga aloqasi borligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi