Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlashda asosiy gumondor sifatida qaralayotgan Akbarjon Jalilov 2015 yilning noyabrida Turkiyaga borgan. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, u Turkiyadan Suriyaga ham o‘tgan. 2014 yilda Jalilov radikal guruhlarga aralasha boshlagani aytilgan.
Akbarjon Jalilov Turkiyaga borganida hamkasblariga bu erda yaxshi ish topishi mumkinligi haqida aytgan. Jalilov Antaliyada yashaydigan amakisi Hasan Qo‘chqorovning yoniga borgan.
Qo‘chqorov Reuters muxbiriga ma’lum qilishicha, jiyani Turkiyaga kelishidan oldinroq, 2015 yilning sentyabrida u erdan ketgandi. Rossiya FXX hozircha Jalilovning safarlari marshrutini aniqlay olmayapti.
7 aprel kuni Sankt-Peterburg va Moskvada terrorchilik harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan 8 kishi qo‘lga olingandi. Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan bu shaxslar kafelarda ishlagan va teraktga tayyorgarlik ko‘rgan. Sudda ma’lum qilinishicha, Jalilov o‘zini portlatishdan oldin bir necha qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgan va shu orqali boshqa gumondorlar aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi