
Afg‘oniston shimoli-sharqida o‘tkazilgan maxsus operasiyada «Tolibon» harakatining yuqori martabali etakchilaridan biri, Qunduz viloyati «gubernatori» o‘rinbosari Asadulla va 14 nafar jangari o‘ldirildi. Bu haqda «Interfaks»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligi matbuot kotibi Davlat Vaziriyga ko‘ra, Afg‘oniston armiyasi bo‘linmalarining operasiyasi Qunduz viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh Dashti-Archi tumanida, Mullaquli qishlog‘ida o‘tkazilgan.
Armiya tomonidan yo‘q qilingan 14 jangarining 8 nafari Tojikiston fuqarosi ekanligi bildirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar