Yaponiyalik erkak it qiyofasiga kirib, barchani hayratda qoldirdi

Yaponiyalik Toco ismli erkak haqiqiy itga o'xshash maxsus kostyum kiyib, ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg'otdi. Kostyumni tayyorlatish uchun u 12 lakh rupiy, ya'ni qariyb 12 million rupiy (taxminan 150,3 million so'm) sarflagan, uni yaratishga esa taxminan 40 kun ketgan. Toco kostyum, grim va professional dizayn yordamida yaratilgan qiyofada tushgan surat va videolarini joylashtirgach, internet foydalanuvchilari orasida qizg'in muhokamalar boshlandi.
Yaponiyalik Toco ismli erkakning noodatiy hobbisi ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. U inson qiyofasidan butunlay voz kechib, haqiqiy itga o‘xshab ko‘rinish uchun maxsus kostyum buyurtma qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, haqiqiy ko‘rinishga ega ushbu kostyumni tayyorlatish uchun u 12 lakh rupiy, ya’ni qariyb 12 million rupiy (taxminan 150,3 million so‘m) sarflagan. Kostyum ustida ishlashga esa taxminan 40 kun vaqt ketgan.
Maxsus kiyim shu qadar puxta ishlanganki, uni kiygan Toco uzoqdan qaralganda deyarli haqiqiy itdan farq qilmaydi. Bunda hech qanday jarrohlik amaliyotidan foydalanilmagan — g‘ayrioddiy ko‘rinish maxsus kostyum, grim va professional dizayn orqali yaratilgan.
Toco kostyumda tushgan surat va videolarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgach, uning noodatiy mashg‘uloti internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.






























Izohlar 0
…