10:50 / 10.04.2017
5 910

Misrning terakt sodir bo‘lgan Tanta shahrida olomon xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘iga tashlandi

Misrning terakt sodir bo‘lgan Tanta shahrida olomon xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘iga tashlandi
Misr polisiyasi Tanta shahar Xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘ini terakt sodir etilgan cherkov yaqinida to‘plangan aholining g‘azabidan zo‘rg‘a qutqarib qoldi, deb yozadi «TASS»ga asoslanib "Daryo.uz" nashri. Bu haqda Misr televideniesi xabar qildi va shahar xavfsizlik boshlig‘ining «qochishi» aks etgan videoni ko‘rsatdi.
General Husam Xalifa kuchli portlash yuz bergan Avliyo Georgiy soborini tekshirish uchun yo‘l oldi, ammo uni qurshab olgan olomon undan fojia sabablarini tushuntirib berishni talab qildi. Odamlar nima uchun o‘n kungina avval yonginasida portlovchi qurilma topilgan va zararsizlantirilgan bo‘lishiga qaramay, cherkovda xavfsizlik choralari kuchaytirilmaganini aniqlashtirishga urindi.

Xalifaga har tomondan harakatsizlik ayblari yog‘dirildi, ba’zilar hatto generalni do‘pposlamoqchi bo‘ldi. Polisiyachilar Xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘ini halqa shaklida o‘rab olib, uni xizmat mashinasi yoniga shu tarzda olib borishga majbur bo‘ldi.

Xalifaning cherkovga qilingan muvaffaqiyatsiz tashrifidan bir soat o‘tar-o‘tmas, Misr ichki ishlar vaziri uni «xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashgani uchun» o‘z lavozimidan chetlashtirdi.

9 aprel kuni Verb yakshanbasida Misrning Tanta va Aleksandriya shaharlaridagi ikki cherkovda ibodatlar vaqtida teraktlar sodir bo‘ldi va 44 kishining o‘limiga, 100 dan ziyod fuqaroning jarohatiga sabab bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrning terakt sodir bo‘lgan Tanta shahrida olomon xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘iga tashlandi