
Rossiya samolyoti 10 apreldan 15 aprelgacha AQSh hududi ustidan, 18 apreldan 22 aprelgacha esa Kanada hududi ustidan kuzatuv parvozi amalga oshiradi. Bu haqda Rossiyaning yadroviy xavfni kamaytirish milliy markazi rahbari Sergey Rыjkov ma’lum qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
"Ochiq osmon xalqaro kelishuvini amalga oshirish doirasida rossiyalik inspektorlar guruhi Tu-154M Lk-1 samolyotida AQSh va Kanada ustidan kuzatuv parvozlarini bajaradi", deb aytdi Rыjkov.
Uning aytishicha, AQSh ustidan kuzatuv Rayt-Patterson (Ogayo shtati) aerodromidan amalga oshiriladi. Parvozning maksimal uzoqligi 4900 km ni tashkil qiladi. Kanada ustidan parvoz esa Ikuluit aerodromidan amalga oshiriladi va parvoz uzoqligi 6150 km ni tashkil qiladi.
Mutaxassisning aytishicha, Rossiya samolyoti parvozlarni kuzatuvchi tomonlar bilan kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiradi. Amerikalik va kanadalik mutaxassislar esa samolyot bortida kuzatuv qurilmalari va vaziyatlarga amal qilinishini nazorat qilib borishadi.
Bu parvozlar Rossiyaning Ochiq osmon xalqaro kelishuviga a’zo davlatlar hududidan 2017 yildagi 9- va 10-parvozlari bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar