AQSH prezidenti Erondan xat kutilayotganini ma’lum qildi

AQSH prezidenti Erondan xat kutilayotganini ma’lum qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonning kelishuv bo‘yicha takliflariga Eron tomonidan javob yaqin soatlarda kelishi mumkinligini bildirdi.

U bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Erondan javob xatini bugun kechqurun olishi kutilmoqda.

“Men bugun kechqurun xat olaman. Keyin qanday bo‘lishini ko‘ramiz”, — dedi AQSH prezidenti jurnalistlarga.

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bagaiy ham bu mavzuda bayonot bergan edi.

U Tasnim agentligiga bergan intervyusida Tehron hozircha AQSHning kelishuv bo‘yicha takliflariga rasmiy javob taqdim etmaganini aytgan.

Hozircha muzokaralarning mazmuni va ehtimoliy kelishuv shartlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar