22:03 / 13.04.2017
6 593

O‘zbekistonlik 29 yoshli Dilmurod Asqarov Forbes ro‘yxatiga kirdi!

O‘zbekistonlik 29 yoshli Dilmurod Asqarov Forbes ro‘yxatiga kirdi!
Nyu-Yorkdagi Credit Exim kompaniyasi asoschisi Dilmurod Asqarov Osiyoning 30 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar eng badavlat tadbirkorlar va eng taniqli jamoat arboblari ro‘yxatiga kirdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Dilmurod Asqarov 29 yoshda bo‘lib, O‘zbekistonda tug‘ilib-o‘sgan. Asqarov Nyu-York shahrida joylashgan Credit Exim startapi direktori hisoblanadi. Kompaniya Osiyodan xom ashyo import qiluvchilarga va Osiyoga xom ashyo eksport qiluvchilarga qisqa muddatli moliyaviy qarorlar qabul qilish bo‘yicha maslahatlar taqdim etish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, kompaniya kichik biznes egalariga kraudfaunding yoki block chain texnologiyasi kabi zamonaviy mexanizmlar orqali innovasion qarorlar qabul qilishga yordam ko‘rsatadi.
Dilmurod Asqarov Bangladesh, Kamboja, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi 20dan ortiq mamlakatlarida miqdori 100 mingdan 2 mln dollargacha bo‘lgan 200dan ortiq moliyaviy o‘tkazmalarni amalga oshirgan.
U shuningdek, rivojlanmagan mintaqalarda ko‘chmas mulklarga investisiya kiritish bilan ham shug‘ullanadi.
Dilmurod Asqarov 8ta tilda so‘zlasha oladi. U Markaziy osiyolik immigrantlarga mo‘ljallangan CAF foundation notijorat fondida faoliyat yuritadi.
Asqarov ushbu ro‘yxatga kirgan ilk Markaziy Osiyo vakili bo‘ldi. Bungacha Forbes reytingida O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxslar paydo bo‘lgan, ammo ular boshqa mamlakatlar fuqarolari sifatida qayd etilishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik 29 yoshli Dilmurod Asqarov Forbes ro‘yxatiga kirdi!