date

Avstraliyada katta oq akula 38 yoshli erkakka hujum qildi

Avstraliyada katta oq akula 38 yoshli erkakka hujum qildi

Avstraliyaning g‘arbiy qismida yana bir fojeali hodisa sodir bo‘ldi. 16 may kuni Pert shahri yaqinidagi mashhur dam olish va dayving hududida 38 yoshli erkak katta oq akula hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Bu haqda shahar politsiyasi mamlakatning ABC News telekanaliga xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida Rottnest oroli yaqinida yuz bergan. Ushbu hudud sayyohlar va baliqchilar orasida mashhurligi bilan tanilgan bo‘lib, aynan shu yerda erkakka akula hujum qilgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan qayiq orqali yaqin hududga — Jopdi Bey ko‘prigi atrofiga olib kelingan. U yerda shifokorlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq, olingan og‘ir jarohatlar sabab erkakni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hujum qilgan yirtqichning uzunligi qariyb 4 metr bo‘lib, u katta oq akula ekani aniqlangan. Bu turdagi akulalar dunyodagi eng xavfli dengiz yirtqichlaridan biri sifatida qaraladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada katta oq akula 38 yoshli erkakka hujum qildi