Andijonda ayol 3 ming dollar evaziga sobiq eriga yollanma qotil yolladi

Andijonda ayol 3 ming dollar evaziga sobiq eriga yollanma qotil yolladi

Andijon viloyatida 3 ming AQSH dollari evaziga qotil topib, sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga uringan 52 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tezkor ma’lumotlar asosida Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol o‘zi bilan birga istiqomat qilib kelgan 1972 yilda tug‘ilgan sobiq turmush o‘rtog‘ini uy-joy bilan bog‘liq nizo va o‘zaro adovat sabab qasddan o‘ldirishni rejalashtirib, buning uchun 3000 AQSH dollari evaziga yollanma qotil izlayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan maxsus tezkor tadbir tashkil etildi va unga shartli yollanma qotil jalb qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1974 yilda tug‘ilgan ayol jinoiy rejasini tezroq amalga oshirish maqsadida joriy yilning 10 iyul kuni Asaka tumanidagi turarjoy majmualaridan biri oldida qotillikni bajarishi kerak bo‘lgan shaxslar bilan uchrashib, barcha shartlarni kelishib olgan.

Ma’lum qilinishicha, u sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish evaziga dastlab 5 million so‘m naqd pul bergan. Qolgan mablag‘ni esa erining o‘lganiga ishonch hosil qilgach topshirishini bildirib, bu haqda tilxat ham yozib bergan.

11 iyulga o‘tar kechasi o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida shartli yollanma qotil ayolning sobiq turmush o‘rtog‘ini Asaka tumanidagi adirlik hududga olib borib, uni grim yordamida go‘yoki o‘ldirilgan holatda tasvirlagan. Shundan so‘ng buyurtmachi ayol voqea joyiga chaqirilgan. U sobiq turmush o‘rtog‘ining halok bo‘lganiga ishonch hosil qilgach, kelishilgan qolgan mablag‘ni berishini bildirib avtomashinaga o‘tirgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tarqatilgan videoda gumonlanuvchi ayol qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

«Erimdan qutulish uchun yollanma qotilga 3000 dollar berishga kelishdik. 5 millionini berdim. Qi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar