08:50 / 19.04.2017
5 357

Erdo‘g‘an Tramp bilan yaqin orada uchrashishini aytdi

Erdo‘g‘an Tramp bilan yaqin orada uchrashishini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yaqin orada uchrashishga kelishib olganini ma’lum qildi.

"Albatta, menga qo‘ng‘iroq qilib, tabriklashdi. Tramp meni referendum natijalari bilan tabriklagani juda yoqimli bo‘ldi. Biz yaqin istiqbolda munosabatlarni rivojlantirish haqida gaplashdik, bu masala va Suriya bo‘yicha fikrlar almashdik", deb aytdi Erdo‘g‘an AQShning CNN telekanaliga.

Erdo‘g‘an ikki tomonlama munosabatlarni ilgari surish uchun Tramp bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazish maqbul bo‘lishini aytgan. Uning aytishicha, telefon muloqoti davomida bunga kelishib olingan.

"Biz yaqin orada uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldik", deb aytgan Erdo‘g‘an.

17 aprelda Erdo‘g‘an va Tramp telefon muloqoti o‘tkazishgan. Unda Tramp Erdo‘g‘anni Turkiyada o‘tgan konstitusiyaviy referendumdagi g‘alaba bilan tabriklagan. Ikki etakchi Bashar Asadni Idlibdagi kimyoviy hujum uchun javobgarlikka tortish kerakligini aytishgan. Ular, shuningdek, IShID va o‘z maqsadlariga erishish uchun terrorchilikdan foydalanadigan barcha guruhlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Tramp bilan yaqin orada uchrashishini aytdi