21:47 / 21.04.2017
9 327

“Tolibon” jangarilari O‘zbekistonga chegaradosh hududga hujum qilishdi

“Tolibon” jangarilari O‘zbekistonga chegaradosh hududga hujum qilishdi
Bugun, 21 aprel kuni Afg‘onistonning Balx provinsiyasi ma’muriy markazi Mozori Sharifda joylashgan qurolli kuchlar korpusiga qurollangan bir guruh kimsalar hujum qilishdi. Jangarilar shtab hududiga kirishga urinishgan. Mazkur voqea oqibatida Afg‘oniston milliy armiyasining 8 nafar harbiysi vafot etdi. O‘ndan ortiq ofiserlar va askarlar yaralanishdi.

Balx provinsiyasi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lib, Afg‘onistonning eng tinch hududlaridan biri hisoblanar edi.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, kunning ikkinchi yarmida jangarilardan biri granatomyotdan shtab tomon o‘q uzgan. Keyin yana 3 bosqinchi polisiya mashinasida harbiy hududga kirib, atrofga qarata avtomat quroldan o‘q uzishni boshlagan.

Afg‘oniston Mudofaa vaziri Davlat Vaziriyning aytishicha, jangarilarning biri qo‘lga olingan, 2 nafari javob o‘qi tufayli jon bergan. Mazkur bosqinchilik harakatini “Tolibon” jangarilari amalga oshirgani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” jangarilari O‘zbekistonga chegaradosh hududga hujum qilishdi