date

Tayvanda tug‘ilish darajasini oshirish uchun yangi to‘lov taklif qilindi

Tayvanda tug‘ilish darajasini oshirish uchun yangi to‘lov taklif qilindi

Tayvan hukumati tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida bolali oilalarga beriladigan subsidiyalarni kengaytirishni taklif qildi. Bu haqda Focus Taiwan xabar berdi.

Taklifga ko‘ra, 19 yoshgacha farzandi bor oilalarga har oy 5000 Tayvan dollari, ya’ni taxminan 155 AQSh dollari miqdorida to‘lov berilishi mumkin.

Hozirda bunday yordam faqat besh yoshgacha bolasi bor oilalarga taqdim etilmoqda. Yangi tartib joriy etilsa, to‘liq summa bola 5 yoshga to‘lgunga qadar naqd beriladi.

6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa subsidiyaning yarmi jamg‘arma hisobiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘ keyinchalik bolaning universitetda o‘qishi uchun ishlatilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanda tug‘ilish darajasini oshirish uchun yangi to‘lov taklif qilindi