Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatda turizm vazirligi yaratilishi haqidagi farmonni imzoladi. Yangi vazirlikning yaratilishidan maqsad mamlakatga xorijiy sayyohlarni jalb qilishdan iborat. Bu haqda Al Bawaba nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, turizm ishlari bo‘shicha davlat vaziri lavozimini avval parlament ishlari bo‘yicha vazir bo‘lgan G‘ulom Nabi Farahiy egallaydi.
Hozircha vazirlik haqida boshqa tafsilotlar ma’lum emas.
Afg‘oniston deyarli 40 yildan beri turli qurolli ixtiloflardan aziyat chekib keladi. Bu esa mamlakatda turizmning xavfsiz emasligiga olib kelgan.
O‘tgan yil avgustida "Tolibon" jangarilari AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyadan kelgan sayyohlar avtobusiga Eron bilan chegarada joylashgan Hirot shahri yaqinida hujum uyushtirishgan. Hujum oqibatida 6 kishi, jumladan avtobus haydovchisi jarohat olganlar.
Afg‘onistonga borishga yurak betlagan oz sonli sayyohlar orasida tabiatining go‘zalligi va qadimiy arxitektura yodgorliklari bilan o‘ziga rom etuvchi Bamian viloyati ommalashgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"