Tramp Eronga rahmat aytdi: amerikalik ayol nega ozod qilindi?

Tramp Eronga rahmat aytdi: amerikalik ayol nega ozod qilindi?

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan AQSH fuqarosi ozod qilinganini ma’lum qildi va Tehronga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social sahifasida yozdi.

Gap AQSH hamda Eron fuqaroligiga ega Dina Karari haqida ketmoqda. Uning advokati Jared Genserning ma’lum qilishicha, ayol 2024 yil dekabr oyida Eronda josuslikka oid ayblovlar bilan ushlab turilgan.

Trampning ta’kidlashicha, Eron Karariga mamlakatni tark etishga ruxsat bergan va u hozirda xavfsiz hududda bo‘lib, salomatligi yaxshi.

Advokat Genserning aytishicha, mijoziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar asossiz bo‘lgan. Uning ozodlikka chiqishi Tramp ma’muriyatining faol diplomatik harakatlari natijasi ekanini qayd etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dina Karari Eronga qarindoshlarini ko‘rish uchun borgan. Dastlab unga mamlakatdan chiqish taqiqlangan, keyinchalik bir necha marta so‘roq qilingan. AQSH va Isroilning Eronga havo zarbalari ortidan unga josuslik ayblovi ham qo‘yilgan.

Mazkur voqea Vashington va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar yana keskinlashgan bir paytda yuz berdi. Avvalroq Donald Tramp Kongressni Eronga qarshi harbiy harakatlar qayta boshlangani haqida xabardor qilgan edi. Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasida imzolangan vaqtinchalik kelishuv ham o‘z kuchini yo‘qotganini bildirgan.

Ayni paytda amerikalik ayolning ozod etilishi AQSH va Eron munosabatlaridagi so‘nggi e’tiborli voqealardan biri sifatida muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar