Oyga olib chiqilgan SSSR bayrog‘i rekord narxda sotildi

1969 yilda amalga oshirilgan tarixiy "Apollon-11" missiyasi davomida Oyga olib chiqilgan Sobiq Sovet Ittifoqi bayrog‘i nufuzli Sotheby's auksionida 102,4 ming AQSH dollariga sotildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu bayroq AQSH va SSSR o‘rtasidagi o‘sha davrdagi xayrixohlik ramzi sifatida fazoga olib chiqilgan. Noyob eksponatni yanada qimmatli qiladigan jihatlardan biri shundaki, unda "Apollon-11" astronavti Bazz Oldrinning shaxsiy dastxati ham mavjud.
Dastlab auksion tashkilotchilari bayroqni 7–10 ming dollar atrofida baholagan edi. Biroq savdolar davomida kolleksionerlar o‘rtasidagi qiziqish ortib, yakuniy narx kutilganidan bir necha baravar yuqoriga ko‘tarildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kosmik tadqiqotlar tarixi bilan bog‘liq noyob buyumlar kolleksionerlar orasida doimo yuqori qadrlanadi. Shu sababli tarixiy ahamiyatga ega bunday eksponatlar auksionlarda muntazam ravishda rekord narxlarda sotilmoqda.































Izohlar 0
…