Qirg‘izistonda yirik blekaut: bir nechta hudud elektrsiz qoldi

Qirg‘izistonda yirik blekaut: bir nechta hudud elektrsiz qoldi

Bugun, 17 iyul kuni Qirg‘izistonning bir qator hududlarida elektr energiyasi kutilmaganda uzilib, keng ko‘lamli blekaut yuz berdi. Oqibatda poytaxt Bishkek hamda mamlakatning bir nechta viloyatlarida minglab aholi vaqtincha elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar Bishkek shahri bilan bir qatorda Chuy, Issiqko‘l, Norin va boshqa hududlarga ham ta’sir ko‘rsatgan. Elektr o‘chishi sabab ayrim tumanlarda sovuq va issiq suv ta’minoti ham vaqtincha to‘xtagan. Shuningdek, svetoforlar ishlamay qolgan, mobil aloqa va internetda uzilishlar kuzatilgan, ko‘plab liftlar faoliyati ham to‘xtab qolgan.

“Qirg‘iziston milliy elektr tarmog‘i” (NESK) OAJ ma’lumotiga ko‘ra, hodisaga 220 kilovoltli ikkita yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan avariya sabab bo‘lgan. Xususan, “Qorabolta — Glavnaya” hamda “Glavnaya — Shu” elektr uzatish liniyalari favqulodda tarzda o‘chib qolgan.

Natijada elektr tizimida yuklamani avtomatik kamaytirish mexanizmi ishga tushib, mamlakatning turli hududlarida elektr ta’minoti uzilgan. Hozirda mutaxassislar elektr energiyasini bosqichma-bosqich tiklash ishlarini olib bormoqda. Avariya sabablari yuzasidan texnik tekshiruv davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar