Rossiya federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Rus geografik jamiyatining vasiylik kengashi majlisida dengiz farishtalari dengiz iblislarini eb qo‘yishi haqida gapira turib, u ham Rossiyani birov eb qo‘ymasligi uchun tunu-kun qo‘riqlab o‘tirishga majbur bo‘layotganini aytib o‘tgan.
RGJning «Rossiyaning arktika suvlari suvosti olamini o‘rganish» mavzusida chiqish bo‘layotgan bir paytda, ba’zi bir chag‘anoqlilarning boshqalari bilan oziqlanishi haqidagi hujjatli filmdan kadrlar ko‘rsatib, hikoya qilishgan.
«Mening tushunishimcha, bu erda bir meduza ikkinchisi bilan oziqlanmoqda, shundaymi?» — deb so‘ragan Putin.
«Ha, bu meduzalar boshqa meduzalarni tutib eydi, 70 foiz parhez ozuqa», — deyishgan davlat rahbariga.
«Ikkinchi surat-chi? Farishta chig‘anoq iblisini egan joyi?» — so‘ragan prezident.
«Ha, dengiz farshtalari dengiz iblislari bilan oziqlanishadi», — degan suhbatdoshi.
«Men shug‘ullanayotgan ishda ham sizlarning ishlaringiz natijalari bilan yaqinroq tanishishga to‘g‘ri keladi... Bizni ham birortasi eb qo‘ymasin, deya doim atrofga alanglab qarashga majburman. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarni kuzatish juda foydali», — deya o‘z so‘zini yakunlagan Putin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi