Kaspiy dengizida suv sathi tez sur’atlarda pasaymoqda

Kaspiy dengizida suv sathi tez sur’atlarda pasaymoqda. BMT baholariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda dunyodagi eng yirik ko‘llardan biri sezilarli darajada sayozlashishi mumkin.
Mutaxassislar bu jarayon butun mintaqaning tabiati va iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, baliqchilik, transport va qirg‘oqbo‘yi hududlari xavf ostida qolishi mumkin.
Suv sathining kamayishi noyob baliq va hayvon turlari yashash muhitiga ham tahdid solmoqda.
Agar bu holat davom etsa, uning oqibatlari Kaspiybo‘yi davlatlarida yashovchi millionlab odamlarga ham ta’sir qilishi mumkin.





























Izohlar 0
…