Kolumbiya prezidenti vaqtincha lavozimidan chetlatildi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 21 iyunga qadar davlat rahbari lavozimidan vaqtincha chetlatildi. Bu haqda El Tiempo nashri xabar berdi.
Qaror Vakillar palatasining Ayblovlar bo‘yicha komissiyasi raisi Gloriya Arizabaleta tomonidan qabul qilingan. Ushbu chora prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi yakunlanguniga qadar amal qiladi.
Ma’lum qilinishicha, Petro saylov kampaniyasi davrida siyosiy jarayonlarga noqonuniy aralashganlikda gumon qilinmoqda. Komissiya 9 iyun kuni ushbu holat bo‘yicha ikki intizomiy tergovni boshlagan.
Ayblovlar prezidentning muxolifat vakillari haqidagi ommaviy bayonotlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan bog‘liq. Xususan, uning konservativ nomzod Abelardo de la Espriella haqidagi posti jamoatchilikda keskin norozilik uyg‘otgan.
Kolumbiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 21 iyun kuniga belgilangan. Unda chap qanot nomzodi Ivan Sepeda va o‘ng qanot vakili Abelardo de la Espriella ishtirok etadi.






























Izohlar 0
…