Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 may kuni Sochi shahrida GFR kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar berdi Kun nashri.
Davlat etakchilari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, energetika, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishadi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro muammolar, jumladan, terrorizm bilan kurash, Yaqin Sharqdagi vaziyat, Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha Minsk kelishuvlarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
So‘nggi bor Putin va Merkel 2016 yilning 19 oktyabr kuni Berlinda “normand to‘rtligi” sammiti doirasida uchrashishgan. Germaniya kansleri Rossiyaga tashrif bilan qariyb ikki yildan beri kelmagandi.
3 may kuni esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an RF prezidentining taklifiga ko‘ra Rossiyaga amaliy tashrif bilan keladi.
Ikki davlat etakchilari Sochidagi muzokaralar davomida rus-turk munosabatlari bo‘yicha fikr almashadilar.
Bundan tashqari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, birinchi navbatda, terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash va Suriya inqirozini hal qilish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi haydovchilar qaysi “zapravka”larda gaz borligini onlayn tarzda bilishi mumkin
Karvaxalni “sindirgan” raqibi unga murojaat qildi...
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi
Eron oliy rahbari Yaqin Sharqni Isroilga qarshi isyon ko‘tarishga chaqirdi
Tramp 2017 yilda Putindan Ukraina bo‘yicha maslahat so‘ragan ekan...
Dunyo AI-80 benzinidan nega voz kechgan?
Ukraina harbiylari Rossiya uchun "kutilmagan xabar" bilan portlamaydigan minalar o‘rnatdi