Pentagon: IShIDning Afg‘onistondagi yetakchisi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin

Pentagon: IShIDning Afg‘onistondagi yetakchisi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin
Afg‘onistonda IShID terrorchilik guruhi bo‘limining yetakchisi 27 aprelda AQSh va afg‘on xavfsizlik kuchlarining maxsus operatsiyasida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jeff Devis ma’lum qildi.

"Operatsiyadan maqsad IShIDning Afg‘onistondagi amiri Abdul Hasib bo‘lgan. Bizda u yo‘q qilinganining isboti yo‘q, biroq u nishonga olingan. Biz u operasiya vaqtida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqdamiz", deb aytdi Devis matbuot-anjumanda.

Devisning aytishicha, operatsiyada 50 nafar amerikalik reynjer va 40 nafar afg‘on harbiysi ishtirok etgan. Shuningdek, Nangarhor viloyatida o‘tgan operasiya vaqtida IShIDning 35 jangarisi, jumladan bir necha qo‘mondoni yo‘q qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar