
Internetda AQShning ABC News telekanali yo‘l qo‘ygan xatosi uchun kulgiga qoldi. Gap shundaki, telekanalning yangiliklar soni davomida dunyo xaritasida yonma-yon turgan ikkita Yangi Zelandiya namoyish qilindi.
Foydalanuvchilar darhol bu holat ustidan mutoyiba qilishga kirishib ketdilar. Ulardan biri "Bitta Yangi Zelandiya har doim kamlik qiladi" deb yozgan bo‘lsa, boshqasi bu "dabl-Zelandiya" (ikkilangan Zelandiya) deb yozgan.
Yana bir foydalanuvchi esa "Biri Yangi Zelandiya, boshqasi esa Eski Zelandiya" deb mutoyiba qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar