Xomanaiy dafn marosimi sanalari e’lon qilindi

Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari sanasi rasman ma’lum qilindi. Xabarlarga ko‘ra, xayrlashuv tadbirlari joriy yil 4 iyuldan 9 iyulgacha davom etadi. Bu haqda SNN ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, marosim 4 iyul kuni Tehron shahridagi Imom Xomeyniy jome masjidida boshlanadi. Shundan so‘ng bir necha kun davomida mamlakatning yirik shaharlari — Tehron, Qum va Mashhadda motam tadbirlari hamda ommaviy yurishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yakuniy marosim 9 iyul kuni Mashhad shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni motam yurishidan so‘ng marhumning jasadi Imom Rizo maqbarasi hududiga dafn etiladi.
Ali Xomanaiy joriy yil 28 fevral kuni havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi. Uning vafot etganiga uch oydan ortiq vaqt bo‘ldi.
Shundan so‘ng Eronning oliy rahbarlik lavozimiga uning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy tayinlangani ma’lum qilingan. U ham o‘sha hujum vaqtida jarohat olgani aytiladi va shu paytgacha jamoatchilik oldida deyarli ko‘rinish bermagan.
Mazkur voqealar Eron siyosiy hayotida muhim burilish sifatida baholanmoqda.





























Izohlar 0
…