
Istanbulda “XII Lolalar festivali” bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, mamlakat poytaxtida 160 xil ko‘rinishdagi 26 million dona gullar ekildi. “Sulton Ahmad” masjidi va “Ayya Sofiya” muzeyi oldidagi 1453 kv. metr hududga 564 ming dona gul yordamida katta gulli gilam yasaldi deb yozadi Muslim.uz sayti.
Tashkilotchilarning aytishicha, bu tadbirga millionlab sayyohlar tashrif buyuradilar. Lolalar – bu Turkiyaning an’anaviy ramzidir. Bu hududlarga birinchi marotaba lola Vizantiya imperiyasi davrida kelgan. Bugungi kunda lolaning asl makoni deb yuritiladigan Gollandiyaga lolalar aynan Vizantiyadan olib kelingan. Lolalar sharafiga uyushtiriladigan tadbir Turkiyada 2005 yildan boshlab an’anaga kirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar