Shveysariya aholi sonini 10 million bilan cheklamoqchimi?

Shveysariyada aholi sonini 10 million kishi bilan cheklash tashabbusi bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda. Bu masala mamlakat siyosiy hayotida katta bahslarga sabab bo‘ldi.
Tashabbus tarafdorlari aholi soni ortishi transport, uy-joy bozori va tabiiy resurslarga bosimni kuchaytirmoqda, deb hisoblaydi. Ular bu qaror ekologik barqarorlik uchun muhim ekanini ta’kidlamoqda.
Qarshi tomon esa bunday cheklov iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda. Chunki Shveysariya mehnat bozori ko‘p jihatdan yuqori malakali migrantlarga ham tayanadi.
Tahlilchilar ushbu referendumni Yevropada migratsiya va demografiya bo‘yicha kuchayib borayotgan bahslarning bir qismi sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…