08:35 / 01.05.2017
7 425

Razvedkachi samolyot Rossiyani kuzatayotganini minglab odam kuzatdi

Razvedkachi samolyot Rossiyani kuzatayotganini minglab odam kuzatdi
Britaniyaning eng zamonaviy Rivet Joint josus-samolyoti Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy-dengiz bazasi himoya tizimlari haqida razvedka ma’lumotlarini to‘plash maqsadida Boltiq dengizi ustidan uchayotganda Flightradar24 mobil dasturi yordamida minglab foydalanuvchilar tomonidan payqaldi.

Dastur orqali ushbu samolyotning AQShning ko‘rinmas samolyotlari hamrohligida 8200 metr balandlikda uchayotganini ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Kun nashrining ma’lum qilishicha, foydalanuvchilar samolyot parvozi haqida har daqiqalik hisobot olib turganlar va u bilan tvitterda o‘zaro bo‘lishganlar. Suratlarga ko‘ra, samolyot Kaliningraddan 97 km uzoqlikda uchib o‘tgan va 478 uzel tezlik bilan harakatlangan. Uni AQShning josus-samolyotlari va F-35A ko‘rinmas samolyotlari kuzatib borgan.

Avvalroq NATOning 3 ta samolyoti Rossiya chegaralari oldida: Qora, Barens va Boltiq dengizi ustida razvedka parvozlarini amalga oshirgani ma’lum qilingandi. Kaliningraddagi vaziyatni AWACS aviasiyasining uzoq radiolokasion aniqlash samolyoti kuzatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Razvedkachi samolyot Rossiyani kuzatayotganini minglab odam kuzatdi