Parij taksisida 1,5 million yevroga baholangan kartina unutib qoldirildi

Parij taksisida 1,5 million yevroga baholangan kartina unutib qoldirildi
Parij taksisida nomi oshkor etilmagan art-diler italiyalik musavvir Lucho Fantanoning 1,5 million yevroga baholanadigan kartinasini unutib qoldirdi. Bu haqda «Vesti.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Art-diler Concetto Spaziale turkumidagi kartinani taksi yukxonasiga joylashtiradi. Yo‘lda ketayotganida telefon qo‘ng‘irog‘iga chalg‘iydi va surat ertasi kun esiga keladi, xolos.

U taksi haydovchisidan to‘lov chekini olmagani sababli o‘zi yurgan mashina haqida hech qanday ma’lumot qolmagandi. Oxiri politsiyaga murojaat etishga majbur bo‘ldi, biroq bundan hozircha natija chiqqani yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar